Daryo

“Milan” futbolchisi “Manchester Siti” hamda “Real” o‘rtasida tanlov qildi

Niderlandiyalik yarim himoyachi yozda Italiya klubidan ketishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish15 928 ko‘rishlar0 izoh0

“Milan” klubi yarim himoyachisi Teyani Reynders yozgi transfer oynasida qaysi jamoaga o‘tishi borasida qaror qabul qilgan. Sky Sport France nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi agentlariga “Manchester Siti”ga o‘tishni istashini aytgan.

Foto: Manchestercitynews

Teyaniga Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, niderlandiyalik futbolchi ancha vaqtdan beri Pep Gvardiola qo‘l ostida shug‘ullanishni orzu qilib keladi. U yoshlik chog‘idan “Barselona”ning tiki-taka uslubini yoqtiradi va shu bois “Siti”ga o‘tishni istamoqda.

“Shaharliklar” allaqachon futbolchi bilan shartnoma borasida dastlabki muzokaralarni olib borgan va kelishuvga erishgani xabar qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Reynders joriy mavsumda “Milan” safida 53 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali Reyndersning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar