Daryo

Superliga. Toshkentdagi jangovar bahsda “Buxoro” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

Mazkur durang bilan buxoroliklar 7 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish3 835 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan uchrashuv 17-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Dinamo” matbuot xizmati

Uchrashuvda hisob samarqandliklar tomonidan ochildi. Anvarjon Hojimirzayev 34-daqiqada gol urdi. 65-daqiqaga kelib esa Shahboz Jo‘rabekov hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada esa Frane Ikich “Buxoro”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada esa Xislat Halilov gol urdi va hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. 

Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Mazkur durang bilan buxoroliklar 7 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar esa 19 ochko bilan 3-pog‘onadan joy olib turibdi.

Superliga

10-tur

17-may, shanba

“Buxoro” — “Dinamo” 2:2

Gollar: 0:1 – 34, Anvarjon Hojimirzayev, 1:1 – 65, Shahboz Jo‘rabekov, 2:1 – 74, Frane Ikich, 2:2 – 87, Xislat Halilov.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar