Daryo

“Persepolis” o‘z maydonida g‘alabaga erishdi, O‘runov gol urdi

Oston O‘runov 63-daqiqada o‘yinga qo‘shildi

1 daqiqa o‘qish10 360 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi vingeri Oston O‘runov 15-may, payyshanba kuni Eron Proligasi doirasidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Foto: Persepolis

“Persepolis” o‘z maydonida “Xavadar”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

O‘zbekistonlik vinger Oston O‘runov o‘yinning 63-daqiqasida maydonga tushdi. Futbolchi 82-daqiqada hisobni ochdi. 90+8-daqiqada esa Yagxub Barajening goli maydon egalariga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Perepolis” jamoasi 60 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Maʼlumot uchun, Oston O‘runov 8-may kuni “Xeybar”ga qarshi o‘yinda ham gol urgan edi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar