Daryo

Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

Vinger o‘yinga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urdi

1 daqiqa o‘qish15 549 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi vingeri Oston O‘runov 8-may, payshanba kuni Eron Proligasi doirasidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

O‘runov “Xeybar”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Vinger o‘yinga zaxiradan qo‘shildi va asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urdi.

Ma‘lumot uchun, Oston O‘runov jamoasi safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni vaqtda Eron Proligasida “Persepolis” jamoasi 57 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar