Daryo

Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi (video) 

Hodisa oqibatida 13 kishi jarohatlandi, avtomobil haydovchisi qo‘lga olindi

1 daqiqa o‘qish5 374 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning Barselona shahrida avtomobil to‘planib turgan futbol muxlislari ustiga haydaldi. Oqibatda 13 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Muxlislar “Espanyol” jamoasi murabbiyini kutib olish uchun yig‘ilganida haydovchi to‘satdan mashinani ular tomonga burgan. Hodisa oqibatida 13 kishi jarohatlangan, 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga 10 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Jabrlanganlarning hech biri hayot uchun xavfli holatda emas. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, eng og‘ir jarohat oyoq sinishi hisoblanadi.

Avtomobil haydovchisi transport vositasini xavfli boshqarish va tan jarohati yetkazishda gumonlanib qo‘lga olingan. Terakt haqidagi versiya rasmiy hisobotlarda keltirilmagan. Kataloniya hukumati rahbari Salvador Ilya hodisani “muhim voqea”ga aylantirmaslikka chaqirgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” “Espanyol”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqdi.

8-may kuni “Arsenal” klubi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlayotgan “PSJ” futbol klubi muxlislari ustiga avtomobil haydalgandi. Yelisey dalalari yaqinida sodir bo‘lgan voqeada uch kishi jabrlangandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar