Daryo

A Seriya. “Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi (video)

O‘zbekistonlik hujumchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi

1 daqiqa o‘qish15 156 ko‘rishlar0 izoh0

Italiya A Seriyasi 36-turi doirasidagi “Atalanta” — “Roma” bahsi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin o‘tgan bahsda bergamoliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ademalo Luqmon tomonidan ochilgan bo‘lsa, 32-daqiqada rimliklar tablodagi natijani tenglashtirdi. Gol muallifi — Barayan Kristante.

Bahsning dastlabki bo‘limi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi taym ham qizig‘in boshlandi. Har ikki jamoa ham navbatma-navbat xavfli hujum uyushtirdi. 76-daqiqaga kelib “Atalanta” hisobda oldinga chiqib oldi. Ibrohim Sulaymon Mile Sivilar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Mazkur natija uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va “Atalanta” 3 ochkoga ega chiqdi. 

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 85-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuvda faol harakat qildi, lekin na gol, na assist muallifiga aylandi. Shomurodov Flashscore portali tomonidan 6,6 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Sofascore o’zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi.

Ta’kidlash kerakki, “Atalanta” “Roma”ning A Seriyadagi 19 ucharshuvlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. 

Mazkur natijadan keyin Bergamo klubi 71 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, rimliklar 63 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi. 

A Seriya

36-tur

12-may, dushanba

“Atalanta” — “Roma” 2:1
Gollar: 1:0 — Luqmon (9), 1:1 — Kristante (32), 2:1 — Ibrohim (76).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar