Daryo

Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

O‘zbekiston chempionati 9-turidagi navbatdagi bahs Andijonda bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish5 851 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 9-turi doirasidagi “Andijon” — “Neftchi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozondi. 

Foto: “Neftchi” matbuot xizmati

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Bahsning 11-daqiqasida Farruh Sayfiyev bellashuvdagi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida “Neftchi” o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Gol muallifi — Jamshid Iskanderov.

Mazkur natija uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi va Farg‘ona klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi. 

Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Neftchi” hisobidagi ochkolar soni 15 ballga yetdi hamda turnir jadvalida 5-pog‘onaga chiqib oldi. “Andijon” esa 9 ochko bilan 12-o‘rinni band etgan.

O‘zbekiston Superligasi

9-tur

9-may, juma

“Andijon” — “Neftchi” 0:2

Gollar: 0:1 — Sayfiyev (11), 0:2 — Iskanderov (60)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar