Daryo

Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi

1 daqiqa o‘qish34 584 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrisio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar bergan.

Foto: AS

Manbaga ko‘ra, Anchelotti 11-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan so‘ng jamoa bilan xayrlashadi. “El-Klasiko”dan keyin italiyalik mutaxassisning ketishi rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Anchelottiga Braziliya terma jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Janubiy Amerika giganti 2026-yilgi Jahon chempionati arafasida yangi bosh murabbiy izlamoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham 64 yoshli murabbiy xizmatlariga qiziqmoqda.

“Real” rahbariyati Anchelottining o‘rniga asosiy nomzod sifatida Xabi Alonso variantini ko‘rib chiqmoqda. “Bayer” ustozi bugun, 9-may kuni mavsum oxirida Leverkuzen klubini tark etishini rasman ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar