Daryo

Sobiq hakam “Inter”ga qarshi bahsda “Barselona”ning penaltisini “o‘g‘irlashganini” aytdi

Lamin Yamal va Genrix Mxitaryan o‘rtasidagi vaziyat OAVda hamon keng muhokama qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish12 928 ko‘rishlar2 izoh0

Sobiq FIFA hakami Mateo Lahos Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi “Inter” — “Barselona” o‘rtasidagi o‘yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Give me Sport nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Bahs davomida “Barselona” futbolchisi Lamin Yamalga qarshi Genrix Mxitaryan tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik dastlab penalti sifatida baholangan edi. Biroq bosh hakam Shimon Marchinyak VAR orqali holatni ko‘rib chiqqach, voqea jarima maydonidan tashqarida sodir bo‘lganini aytib, qarorni o‘zgartirdi.

Mateo Lahos esa bu qaror to‘g‘ri emasligini aytib, shunday dedi:

Bu penalti edi. Qoidabuzarlik tashqarida boshlangan bo‘lsa-da, Yamalga nisbatan qo‘pollik jarima maydonchasi ichida yuz berdi. Hakam nega bu holatni qayta ko‘rib chiqmaganini tushunmayapman, deydi sobiq hakam.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” “Juzeppe Meatsa”dagi javob uchrashuvida 4:3 hisobida zafar quchib, umumiy 7:6 natija bilan g‘alaba qozondi va dastlabki finalchiga aylandi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar