Daryo

“Barselona” kimlarni transfer qilishni istayotgani ma’lum bo‘ldi

Kataloniyaliklarning asosiy nishoni — “Inter” futbolchisi

1 daqiqa o‘qish29 964 ko‘rishlar0 izoh0

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. SPORT nashrining yozishicha, klubning asosiy maqsadi — “Inter”ning 29 yoshli niderlandiyalik futbolchisi Denzel Dyumfris.

Foto: Getty Images

Shuningdek, “Barselona” skautlari ro‘yxatida yana uch nafar futbolchi bor: Leverkuzenning “Bayer” jamoasi himoyachisi Jeremi Frimpong, Italiyaning “Fiorentina” klubi vakili Dodo va Fransiyaning “Monako” jamoasi a’zosi Vanderson.

Dyumfris yaqinda “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu bois, kataloniyaliklarning unga bo‘lgan qiziqishi tabiiy holat sanalmoqda.

Dyumfris 2018-yildan beri Niderlandiya terma jamoasi safida o‘ynaydi. U “Inter”ga o‘tishidan avval “PSV”, “Herenven” va Rotterdamning “Sparta” jamoalarida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Denzil joriy mavsum milanliklar safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 5 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 28 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar