Daryo

Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida kichik hisobda g‘alaba qozondi

Dragan Cheran mavsumdagi ilk golini kiritib, qarshiliklarga g‘alaba taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish4 800 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasidagi “Nasaf”—“Surxon” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli o‘tgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. 

Foto: Nasaf matbuot xizmati

Bellashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. 42-daqiqada “Nasaf” uchrashuvda hisobni ochdi. Gol muallifi — Dragan Cheran. Serbiyalik hujumchi termizliklar jarima maydonchasi ichidagi tartibsizliklardan foydalanib, mavsumdagi ilk golini kiritdi. 

Ikkinchi taym o‘rtasiga kelib, “Nasaf” maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Raqibga qilgan qo‘polligi sabab Oybek Bozorov maydondan chetlatildi. Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi, ammo muxlislar boshqa gollarga guvoh bo‘lishmadi. 

Shu tariqa “Nasaf” ochkolari sonini 11 ballga yetkazib oldi va Superliga turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Surxon” 3 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni egallab turibdi. 

O‘zbekiston Superligasi

5-tur

13-aprel, yakshanba

“Nasaf” — “Surxon” 1:0

Gol: 1:0 — Dragan Cheran (42)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar