Daryo

Superliga. “Nasaf” o‘zida “Surxon” bilan durang o‘ynadi

Superliganing 21-tur o‘yinlariga start berildi

1 daqiqa o‘qish11 693 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-tur o‘yinlari 18-oktyabr, juma kuni start oldi.

Foto: “Nasaf”

Turning dastlabki o‘yini “Nasaf” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Zoran Marushich hisobni ochdi. Bo‘lim qarshiliklarning kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Surxon” futbolchisi Abdug‘afur Haydarov hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada Sherzod Nasrullayev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 87-daqiqada esa Sunnatulloh Hamidjonov qizil oldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Bugungi o‘yindan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 

Foto: PFL

Superliga

21-tur

18-oktyabr, juma

“Nasaf” — “Surxon” 1:1

Gollar: Zoran Marushich, 17 (1:0), Abdug‘afur Haydarov, 62 (1:1).

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Sidiqov, 10. Bobir Abdixoliqov, 19. Stefan Cholovich, 22. Igor Golban (4. Dilshod Komilov, 75), 32. Zoran Marushich, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov.

“Surxon”: 1. Artyom Potapov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 5. Jamoliddin Xo‘janiyozov, 6. Behzod Shamsiyev, 8. Humoyun Sherbo‘tayev, 10. Dmitriy Pletnev, 11. Abdug‘afur Haydarov, 14. Sarvar Abduhamidov, 27. Asilbek Jumayev, 66. Behruz Shaydulov, 98. Farruh Ikromov (77. Asadbek Karimov, 63).

Ogohlantirishlar: Sunnatulloh Hamidjonov (65), Sarvar Abduhamidov (72), Behruz Shaydulov (90+6).

Chetlatish: Sherzod Nasrullayev (69), Sunnatulloh Hamidjonov (87).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar