Daryo

Saloh APL to‘purarlari ro‘yxatida 8-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan o‘yinda misrlik hujumchi “Arsenal”ga gol urdi

1 daqiqa o‘qish7 051 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o‘yinda gol urdi.

Foto: Championat

Ushbu goldan so‘ng u “Liverpul”ning mashhur sobiq futbolchisi Robbi Fauler bilan tenglashib, liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lib turibdi.

Misrlik futbolchi 162 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan “Tottenhem”ning sobiq hujumchisi Jermeyn Defoni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Premyer Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer bo‘lib, uning hisobida 260 ta gol bor.

Ikkinchi o‘rinda 208 ta gol bilan Runi egallab turibdi. Kuchli uchlikni Endi Koul 187 ta gol bilan yakunlab bergan.

Joriy mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar