Daryo

Selena Gomes kimga havas qiladi: jahon yulduzlarining sevimli kumirlari

Eng yorqin yulduzlarning ham o‘zlari havas qiladigan kumirlari bor

2 daqiqa o‘qish39 919 ko‘rishlar0 izoh0

Biz mashhurlarni uslub, iste’dod va muvaffaqiyat timsoli deb bilishga o‘rganib qolganmiz. Ammo eng yorqin yulduzlarning ham o‘zlari havas qiladigan kumirlari bor.

Lisa, Billi Aylish — Jastin Biber

Lisa Jastin Biberning muxlisi. U bu bosqichni hamma bosib o‘tishi kerak, deb hisoblaydi.

“Menimcha, hamma yoshligida Biberning muxlisi bo‘lgan. Biz u bilan bir necha yil oldin tanishgan edik. Men uni yaxshi ko‘rishimni aytolmaganman, chunki juda uyatchanman”, deydi u.

Billi Aylish esa o‘smirlik davrida Jastin Biber bilan sevgi munosabatlarini tasavvur qilganini yashirmaydi.

“U mening birinchi muhabbatim edi. Men sevib qolgandim va u ham meni sevadi deb o‘ylardim”, degan u.

Keyinchalik esa Billi va Jastin Coachella festivallaridan birida tanishadi. O‘shanda qo‘shiqchi Biberning muxlisi edi, ammo vaqt o‘tib do‘st va hamkasbga aylandi.

Kris Xemsvort — Bred Pitt

Kris Xemsvortning ham sevimli aktyori bor. U Bred Pittni shunchalik yaxshi ko‘radiki, hattoki o‘g‘liga uning rollaridan biri — “Kuz afsonalari” filmi qahramoni Tristan sharafiga ism qo‘ygan.

“Men Bred Pitt bilan “Bir vaqtlar Gollivudda” filmi premyerasida tanishganman. U qo‘l siqish uchun oldimga keldi, men esa uni quchoqlab oldim, deya hayajon bilan eslaydi Kris Xemsvort.

Selena Gomes — Jennifer Eniston

Selena Gomesga esa omad kulib boqdi. U 8 yoshidan beri havas qilgan kumiri bilan do‘stlashdi.

“Men Jenni o‘n yildan beri taniyman va u menga doimo ibrat bo‘lgan inson. U har doim yonimda bo‘lgan va hayotingizda sizni shunchaki tinglay oladigan odamning bo‘lishi juda muhim. U ajoyib maslahatlar beradi va biz opa-singildekmiz”, deydi Selena.

Emma Stoun — Mel Bi

Aktrisa Spice Girls guruhidagi Mel Bini shunchalik sevadiki, u haqda gapirmasdan turolmaydi. Emma Stoun kumiriga o‘xshash uchun sochini sariq rangga bo‘yagan va hatto uning ismini ham olgan — ilgari kino yulduzi Emili deb atalardi. Ko‘p yillik muxlislik muhabbatidan so‘ng ular nihoyat uchrashdi. “Emma Emma bilan uchrashganda”, deya rasm ostiga yozib qo‘ydi qo‘shiqchi.

Kim Kardashyan —Viktoriya Bekhem

Ba’zi muxlislar Kim Kardashyanni Viktoriya Bekhemning uslubini nusxalashda ayblashadi. Kim shunchaki bolaligidan Spice Girls guruhining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Aniqrog‘i, guruh a’zosi bo‘lgan Viktoriya Bekhemning.

“Men va dugonalarim o‘rta maktabdagi iste’dodlar ko‘rigida Spice Girls guruhining qo‘shiqchilarini ijro etganimiz uchun juda minnatdorman. Biz Spice Girls bilan ko‘p narsalarni boshdan kechirganmiz”, deydi u.

Kamila Kabeyo — Emiliya Klark

Kamila Kobeyo kumiri Emiliya Klark bilan kechki ko‘rsatuvda ushrashib qolgan. Klark bilan birga aktyor Jeyson Mamoa ham bor edi.

“Mening malikam! Voy, uzr. Aytmoqchi edimki, men “Taxtlar o‘yini”ning eng fidoyi muxlisiman. Sizlar bilan tanishganimdan juda xursandman, azizlarim! Men hayotimda hech qachon bunchalik hayajonlanmaganman”, deydi Kamila hamkasblariga.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar