Daryo

“Real” 16 yil oldingi yomon natijasini takrorladi 

Madridliklar YCHL chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Arsenal”ga mag‘lub bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish4 824 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi UEFA Chempionlar Ligasi 2024/25-yilgi mavsumining chorak final bosqichidagi ilk uchrashuvda “Arsenal”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu natija “qirollik klubi” uchun so‘nggi 16 yildagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biriga aylandi. Bu haqda Opta Sport nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” 2009-yil martidan buyon ilk bor Chempionlar Ligasi doirasida ketma-ket ikki o‘yinda gol ura olmadi. O‘shanda, 1/8 final bosqichida Xuan de Ramos boshchiligidagi madridliklar “Liverpul”ga dastlab o‘z maydonida 0:1, so‘ngra safarda 0:4 hisobida yutqazgan edi. “Arsenal”ga qarshi bahsda bu antirekord takrorlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 1/8 final bosqichi javob o‘yinining asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida “Atletiko”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Biroq penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar