Daryo

Superliga. “Paxtakor” Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy berdi 

Jizzaxliklar mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o‘qish5 082 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsda jizzaxliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Foto: “Sog‘diyona” klubi matbuot xizmati

Uchrashuvning dastlabki taymida muxlislar gol ko‘rishmadi. Lekin ikkinchi taym boshida Jizzax klubi futbolchilari ketma-ket ikki marta “Paxtakor” darvozasini ishg‘ol qildi. Dastlab 46-daqiqada Lyupcho Doriyev hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Luka Jorjevich “bo‘rilar”ning o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi. 

Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va “Sog‘diyona” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston Superligasi

4-tur

“So‘g‘diyona” — “Paxtakor” 2:0

Gollar: 1:0 — Doriyev (46), 2:0 — Jorjevich (52)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar