Daryo

“Real”da keyingi penaltilarni kimlar tepishi aniq bo‘ldi

La Liganing so‘nggi turida Vinisius 11 metrlik jarimadan foydalana olmagan edi

1 daqiqa o‘qish25 024 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi tarkibida penalti ijrochilarini tanlash borasida hali ham aniq qarorga kelingani yo‘q. La Liganing 30-turida Vinisius Junior 11 metrlik jarimani aniq amalga oshira olmay, jamoasining “Valensiya”ga mag‘lub bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.

Foto: Marca

Marca nashrining xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoaning asosiy penalti ijrochisini tanlab oldi. Agar jamoa Chempionlar Ligasi doirasida “Arsenal”ga qarshi bahsda penalti qo‘lga kiritsa, birinchi bo‘lib zarbani Kilian Mbappe ijro etishi rejalashtirilgan. Agar u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi navbat Jud Bellingemga beriladi.

“Real” va “Arsenal” o‘rtasidagi ilk chorak final bahsi 8-aprel, seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi esa 16-aprel kuni Madridda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar 30-turdan keyin La Liga turnir jadvalida 63-ochko bilan 2-o‘rinda ketmoqda. Ularning asosiy raqobatchisi “Barselona” 67 ochko qo‘lga kiritgan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar