Daryo

Superliga. “Bunyodkor” Toshkentda “Buxoro”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Ushbu g‘alabadan so‘ng “qaldirg‘ochlar” 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish3 946 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv 4-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Buxoro” klubi “Bunyodkor” bilan bahs olib bordi. Toshkentda kechgan bahsda mehmonlar g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 78-daqiqasida Frane Ikich o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Oradan 9 daqiqa o‘tgach Boburbek Yo‘ldoshev hisobni ikkitaga oshirib, jamoasining ishonchli g‘alabasini taʼminladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “qaldirg‘ochlar” 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Buxoroliklar esa 6 ochko bilan 4-pog‘onada.

Superliga

4-tur

4-aprel, juma

“Buxoro” — “Bunyodkor” 0:2

Gollar: 0:1 — 78, Frane Ikich (avtogol), 0:2 — 87, Boburbek Yo‘ldoshev

“Buxoro”: 1.Abdullayev, 33.Tomashevich, 25.Chiryak (7.Fozilov, 67), 93.Kolakovich, 94.Ikich, 2.Po‘latov, 27.Yo‘ldoshev (97.Jo‘rabekov, 67), 17.Ro‘ziyev, 6.Hayrullayev, 10.Norxonov (77.Qayumov, 81), 88.Begich (19.Tupliyev, 53).

“Bunyodkor”: 13.Abdunabiyev, 6.Yo‘ldoshev, 23.Rahimjonov (66.To‘lqinbekov, 84), 15.Bugarin, 4.Normurodov, 2.Mali (5.Zevadinov, 89), 9.Ashortia (77.Olimjonov, 72), 7.Hamrobekov, 8.Sroler (10.Yo‘ldoshev, 72), 57.To‘raqulov (22.Amonov, 46), 74.Kachorri.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar