Daryo

“Bunyodkor”da “svet” o‘chgani sababli O‘zPFL masofadan ishlashga o‘tdi

Stadionda elektr ta’minoti qarzdorlik tufayli 4-sentyabr sanasidan e’tiboran to‘liq uzib qo‘yilgan.

1 daqiqa o‘qish4 195 ko‘rishlar0 izoh0

“Bunyodkor” stadionida elektr ta’minoti qarzdorlik tufayli 4-sentyabr sanasidan e’tiboran to‘liq uzib qo‘yilgani oqibatida, O‘zbekiston Professional futbol ligasi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tdi. Bu haqda Liga matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Mazkur holat Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyatsiya jarayoni hamda internet translyatsiyalarini taqdim etishda sifatning pasayishiga olib kelmoqda. Ma’lumki, rasmiy uchrashuvlar davomida Liga translyatsiya signallarini o‘zida qabul qilib, markazlashtirilgan tartibda ularni turli platformalar orqali qayta uzatish ishlarini amalga oshiradi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, stadiondagi elektr energiyasi bilan yuzaga kelgan muammo sababli Liga serverlari to‘liq nofaol holatga kelgan. Shundan kelib chiqib, tashkilot uchrashuvlardan signallarni qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanmoqda.

Xabarda Liga bilan bog‘liq yumushi bo‘lgan tashkilotlar va jismoniy shaxslardan murojaatlarni [email protected] elektron pochtasi orqali yuborishlari so‘ralgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar