Daryo

“Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futbolchilariga qiziqish ortdi” — futbol skauti 

O‘zbekistonlik futbolchi kelajakda “Siti”ning muhim futbolchisiga aylanishi aytildi

1 daqiqa o‘qish14 199 ko‘rishlar0 izoh0

Taniqli futbol skauti Jank Chetin Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yinlarini yuqori baholadi.

Foto: Getty Images

U 2023-yilda Argentinada bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionatida futbolchi yuqori darajada o‘ynagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

U turnirda o‘tkazgan to‘rt o‘yinda ham havodagi kurashlarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U jismoniy kuchidan tashqari, juda tezkor va harakatchan futbolchi hisoblanadi.

Chetin Husanovning Isroilga qarshi 1/8 final uchrashuvidagi o‘yinini ham alohida ta’kidladi:

Husanov Isroilga qarshi bahsda o‘yinni o‘qish, to‘g‘ri joylashish, to‘pni olib qo‘yish va birga bir vaziyatlarda himoyalanish bo‘yicha yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi. U Anan Halili va Taya Abeda kabi jismonan va texnik jihatdan kuchli hujumchilarga qarshi muvaffaqiyatli harakat qildi.

Skaut Abduqodir Husanovning kelajagi haqida gapirar ekan, uning Pep Gvardiola qo‘l ostida yanada yuqori darajali futbolchiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi:

U vaqt o‘tishi bilan til bilan bog‘liq muammoni yengib o‘tadi va “Manchester Siti” tarkibidagi eng muhim futbolchiga aylanadi.

Shuningdek, Jank Chetin Markaziy Osiyo futbolining tez rivojlanayotganini ta’kidlab, bu hududni futbol bozoridagi yangi raqobatdosh hudud deb atadi. Uning fikricha, Abduqodir Husanov kabi futbolchilar tufayli ushbu qiziqish keskin oshib bormoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar