Daryo

Superliga. “OKMK” mehmonda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

Ushbu g‘alaba bilan “OKMK” 9 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

1 daqiqa o‘qish3 809 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 28-mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “OKMK” matbuot xizmati

Unda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning “OKMK” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob 12-daqiqada ochildi. Islom To‘xtaxo‘jayev Abdurazzoqovning uzatmasidan so‘ng gol urdi. 

31-daqiqada olmaliqliklar hisobni ikkitaga oshirishi mumkin edi, ammo Xurshid G‘iyosov penaltidan unumli foydalana olmadi. Oqibatda “Qizilqum” raqibni jazoladi. 40-daqiqada Elguja Lobjanidze penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Mirjalol Qosimov yanada faollashdi. 51-daqiqada Giorgi Papava jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib Nodirbek Abdurazzoqov hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba bilan “OKMK” 9 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Navoiy klubi esa 3 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

3-tur

28-mart, juma

“Qizilqum” — “OKMK” 1:3

Gollar: 0:1 — 12, Islom To‘xtaxo‘jayev, 1:1 — 40, Elguja Lobjanidze (penalti), 1:2 – 51, Giorgi Papava, 1:3 – 75, Nodirbek Abdurazzoqov.

Amalga oshirilmagan penalti: 31, Xurshid G‘iyosov.

“Qizilqum”: 30.Farhod Rahmatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzod Rahmatullayev, 10.Roman Papariga, 11.Jaba Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmurodov (70.Alen Mashovich, 74), 79.Diyor Rahmatilloyev (77.Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 74), 88.Dushan Miyich, 99.Elguja Lobjanidze (7.Davron Anvarov, 80).

“OKMK”: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 70), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshod Ahmadaliyev (13.Eldor Begimov, 87), 10.Xurshid G‘iyosov (99.Asad Sobirjonov, 70), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 23.Ajak Riak (27.Ali Abdurahmonov, 46), 77.Nodir Abdurazzoqov (28.Arixiro Sentoku, 80).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar