Daryo

Putin Ukrainada “vaqtinchalik boshqaruv” joriy etishni taklif qildi 

Rossiya prezidenti tegishli taklif bilan BMT va bir qator davlatlarga yuzlandi

1 daqiqa o‘qish12 422 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada saylovlar o‘tkazish uchun BMT va bir qator davlatlar shafeligida “vaqtinchalik boshqaruv” joriy etishni taklif etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi

Foto: Getty Images

Taklif Ukrainaning uch yildan ortiq vaqt davomida Rossiya harbiy bosqiniga qarshi kurashayotgan bir paytda ilgari surildi. 

Aslida, BMT, AQSH, Yevropa davlatlari, albatta, hamkorlarimiz va do‘stlarimiz ishtirokida Ukrainada vaqtinchalik boshqaruvni joriy etish imkoniyatini muhokama qilish mumkin edi. Bu demokratik saylovlar o‘tkazish, xalq ishonchiga ega bo‘lgan samarali hukumatni shakllantirish va keyinchalik ular bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun zarur, degan Putin.

Uning fikricha, bu orqali Ukraina hukumati bilan “butun dunyoda tan olinadigan va ishonchli bo‘lgan qonuniy hujjatlarni” imzolash mumkin.

Bu variantlardan biri xolos, boshqa variantlar yo‘q, degan fikrda emasman. Lekin bu muhokama qilinayotganlardan biri bo‘lib, BMT amaliyotida bunday tajriba mavjud, degan Kreml rahbari.

U “BMTning tinchlikparvarlik faoliyati doirasida tashqi boshqaruv, muvaqqat ma’muriyat deb ataladigan usul allaqachon bir necha bor qo‘llanilgan” mamlakatlarga misol sifatida Sharqiy Timor, Papua-Yangi Gvineya va sobiq Yugoslaviyaning ayrim hududlarini keltirdi.

Rossiya hozir kim bilan kelishuv imzolashini bilmayapti, chunki ertaga boshqa rahbarlar kelishi mumkin, deya da’vo qildi u.

Putin bir necha bor ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni Ukrainaning qonuniy prezidenti deb hisoblamasligini, chunki 2024-yilda prezidentlik saylovi o‘tkazilmaganini aytgandi. O‘z navbatida, Ukraina qonunchiligi harbiy holat amal qilayotgan paytda har qanday saylovlarni o‘tkazishni taqiqlaydi. Zelenskiyning o‘zi NATOga a’zolik evaziga prezidentlikdan ketishga rozi ekanini qayd etgan. AQSH Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Ukrainada boshqaruv uning konstitutsiyasi va mamlakat xalqi tomonidan belgilanishini ta’kidlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar