Daryo

APL, La Liga va Bundesliganing eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ma‘lum qilindi  

“Atletiko” ustozi Diego Simeone Yevropaning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyi bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish10 268 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning L’Équipe nashri kuchli beshlik chempionatlari orasidan Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi va Germaniya Bundesligasining eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari nomini e’lon qildi. Bu haqida Sports24 nashri xabar berdi.

Foto: Meczyki

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasining eng yuqori maosh oluvchi murabbiyi hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis oyiga 1,98 mln yevro oladi (soliqlar bilan birga). Bu ko‘rsatkich APLdagi barcha murabbiylar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rinda “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta (1,48 mln), uchinchi pog‘onada esa “Everton” ustozi Devid Moyes (1,23 mln) joy olgan.

La Ligada eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy “Atletiko Madrid” ustozi Diego Simeone bo‘lib, u oyiga 2,17 mln yevro oladi. Ikkinchi o‘rinda “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti (910 ming yevro), uchinchi pog‘onada esa “Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flik (830 ming yevro) bormoqda.

Bundesligada eng yuqori maosh oluvchi murabbiy “Bavariya” ustozi Vensan Kompani bo‘lib, uning oylik daromadi 750 ming yevroga teng. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso (425 ming yevro) va “Leypsig” ustozi Marko Roze (375 ming yevro) egallagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar