Daryo

Transfermarkt. La Liga’ning eng qimmat 10 nafar futbolchisi ma’lum 

Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarning 7 nafari “Real”, qolgan 3 futbolchi esa “Barselona” safida harakat qiladi

1 daqiqa o‘qish8 484 ko‘rishlar0 izoh0

Transfermarkt portali 21-mart, juma kuni Ispaniya La Ligasida o‘ynaydigan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.

Foto: Kollaj

Unga ko‘ra, chempionatning eng qimmat futbolchisi Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior bo‘ldi. Uning transfer narxi 200 million yevro deb baholandi.

Ikkinchi o‘rinni Kilian Mbappe egalladi. “Real”ning fransiyalik hujumchisi 180 million yevro qiymatga ega. Uchinchi pog‘onadan esa Jud Bellingem joy oldi. Uning ham transfer narxi 180 million yevro deb belgilangan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, La Liga’ning eng qimmat 10 futbolchisi:
 1. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – 200 mln yevro
 2. Kilian Mbappe (“Real Madrid”) – 180 mln yevro
 3. Jude Bellingham (“Real Madrid”) – 180 mln yevro
 4. Lamin Yamal (“Barselona”) – 150 mln yevro
 5. Federiko Valverde (“Real Madrid”) – 130 mln yevro
 6. Rodrigo Goes (“Real Madrid”) – 110 mln yevro
 7. Eduardo Kamavinga (“Real Madrid”) – 100 mln yevro
 8. Orelian Chuameni (“Real Madrid”) – 100 mln yevro
 9. Gavi (“Barselona”) – 90 mln yevro
 10. Pedri (“Barselona”) – 80 mln yevro

Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu reytingdagi 10 futbolchidan 7 nafari “Real Madrid” jamoasiga tegishli, qolgan 3 futbolchi esa “Barselona” sharafini himoya qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar