Daryo

Misrda noma’lum fir’avnning 3700 yillik qabri topildi

Ushbu topilma Abidos sulolasining sirlarini ochib berishi mumkin

1 daqiqa o‘qish18 178 ko‘rishlar0 izoh0

Arxeologlar Misrning Abidos nekropolida qazishmalar olib borish davomida noma’lum fir’avnning qabrini topdi. Ushbu kashfiyot Abidos sulolasining sirlarini ochib berishi mumkin. Bu haqda The Collector xabar berdi.

Qabr, taxminan, yetti metr chuqurlikda joylashgan va uning balandligi, taxminan, besh metrni tashkil etadi. U ohaktoshli dafn xonasi va xom g‘ishtdan qurilgan qabrxonadan iborat.

Dafn xonasiga olib boradigan kirish yo‘lagining ikki tomonida Isida va Neftida ma’budalariga bag‘ishlangan yozuvlar qoldiqlari aniqlangan. Shuningdek, bir paytlar shoh nomini iyerogliflar bilan ifodalagan sariq yozuv tasmalari topilgan. Bezaklar va matnlarning uslubi shohona kelib chiqishini ko‘rsatadi.

Topilma miloddan avvalgi 1700−1550-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda rasmiy fir’avnlar bilan birga, qisqa muddat boshqa sulola hukmronlik qilgan bo‘lishi mumkin, ya’ni sirli Abidos sulolasi.

Unveiling of a Second Intermediate Period Royal Tomb in Abydos

Bir qator misrshunoslar Abidos sulolasi miloddan avvalgi 1650-yildan 1600-yilgacha Yuqori Misrni Giksos fir’avnlari bilan bir vaqtda boshqargan deb hisoblaydi. Bu davr mamlakatdagi siyosiy beqarorlik va tashqi bosqinlar bilan mashhur. Biroq, tarixiy dalillarning yetishmasligi tufayli Abidos sulolasining haqiqiy mavjudligi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar