Daryo

Tramp Putin bilan 18-mart kuni muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi

Kreml muzokaralar tashkil etilishini tasdiqlagan

1 daqiqa o‘qish7 424 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Floridadan Vashingtonga uchayotgan prezident samolyotida jurnalistlarga 18-mart kuni Rossiya prezidenti bilan Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasini muhokama qilishini bildirdi. 

“Dam olish kunlarida ko‘p ish qilindi. Biz bu urushga barham bera olamizmi-yo‘qmi, shuni ko‘rmoqchimiz. Menimcha, bizda yaxshi imkoniyatlar bor”, - dedi Tramp.

Tramp Putinni AQSH taklifini qabul qilishga va o‘tgan hafta Ukraina tomoni rozi bo‘lgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndirishga intilmoqda.

“Biz yer haqida gaplashamiz. Elektr stansiyalari haqida ham so‘zlashamiz”, -dedi Tramp jurnalistlarga va “ba’zi aktivlarni taqsimlash” allaqachon muhokama qilinganini qo‘shimcha qilgan.

Kreml muzokaralar tashkil etilishini tasdiqlagan.

“Ha, bu to‘g‘ri. Seshanba kuni shunday suhbat o‘tkazishga tayyorlanmoqda”, - dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Jurnalistlar Peskovdan Amerika prezidentining Putin bilan hududlar va atom elektr stansiyalarini nazorat qilish masalasini muhokama qilish rejalari haqidagi gaplarini sharhlash hamda suhbatning yangi tafsilotlarini oshkor qilishni so‘rashgan.

“Biz hech qachon bunday qilmaymiz, hech qachon voqealardan oldinga o‘tib ketmaymiz. Suhbat haqiqatan ham tayyorlanmoqda. Lekin bizning tushunchamizda, albatta, ikki prezident o‘rtasidagi suhbat oldindan biror mazmunli muhokamaga tortilmaydi. Shu sababli biz bunday ish qilmaymiz”, - deya javob bergan Peskov.

Avvalroq, Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Vladimir Putin bilan kecha “juda yaxshi va samarali muzokaralar” o‘tkazilgani haqida yozgandi. Oq uy ma’muriyati esa buni rad etib,  Vladimir Putin bilan Donald Tramp emas, balki uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiv Uitkoff suhbatlashganini bildirgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar