Daryo

Superliga. “Xorazm” safarda “Surxon”dan ustun keldi 

Jamoa ketma-ket ikki bahsda g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish6 597 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi “Surxon” — “Xorazm” uchrashuvi 16-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Termizda kechgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Foto: “Xorazm” matbuot xizmati

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada Xumoyunmirzo Mo‘minov tomonidan ochildi. 32-daqiqada esa Sunnatillo Alijonov o‘rtadagi farqni yana bittaga oshirdi. 

O‘yinning ikkinchi bo‘limida ham bir qancha vaziyatlar yuzaga keldi. Bahs yakuni arafasida esa hisob yirik ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Ammo Sunnatillo Alijonov penaltidan unumli foydalana olmadi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

“Xorazm” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi hamda o‘z hisobidagi ochkolar sonini 6 taga yetkazdi. “Surxon” esa 2-turda ham mag‘lubiyatga uchradi.

Superliga

2-tur

16-mart, yakshanba

“Surxon” — “Xorazm” 0:2

“Surxon”: Dilshod Yo‘ldoshev, Behruzjon Karimov (Krill Kolesnichenko, 46), Sunnatulloh Hamidjonov, Jamaliddin Xojaniyazov, Behzod Shamsiyev (NodirxonNe’matxonov, 46), Dostonbek Tursunov, Dmitriy Pletnev, Jahongirbek Abdusalomov, Nodirbek Abduxalikov, Muhammad-Ali Abdurahmonov (Abdug‘ofur Haydarov,46), Sunnatilla Poyonov (Asilbek Jumayev,  46).

“Xorazm”: Sardor Qobuljanov, Xazratjon Tursunqulov, Jasur Azimov (Dilshod Jo‘rayev, 61), Humoyunmirzo Iminov (Ilhomjon Alijonov, 84) Vladimir Bubanya, Ixtiyor Toshpo‘latov, Dostonbek Tursunov, Sunnatulla Abdullajonov, Abror Xo‘sinov, Rustamjon Abduhamidov, Shahrom Samiyev (Murodbek Bobojonov, 68)

 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar