Daryo

Superliga. “Navbahor” Jizzaxda qiyin g‘alabaga erishdi

“So‘g‘diyona” ketma-ket ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish4 621 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi 16-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda namanganliklar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Foto: “Navbahor” matbuot xizmat

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 2-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov Muhammadyusuf Sobirov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 14-daqiqada Lyupcho Doriyev “Navbahor” darvozasiga gol urib, muvozanatni tikladi — 1:1. 

Ikkinchi taymning 66-daqiqasida Ruslan Jiyanov yana Namangan klubini hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada esa Doriyev o‘zining dublini rasmiylashtirdi. Uchrashuv yakuni arafasida “Navbahor”ning brazilyalik legioneri Pedro namanganliklarga g‘alaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.

Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi va Sergey Lushchan jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Navbahor” hisobidagi ochkolar soni 4 taga yetdi, jazzaxliklar esa mavsumdagi ikkinchi bahsda ham imkoniyatni boy berdi.

Superliga

2-tur

16-mart, yakshanba

“So‘g‘diyona” — “Navbahor” 2:3

Gollar: 0:1 — Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (2), 1:1 — Lyupcho Doriyev (14), 1:2 — Ruslan Jiyanov (66), 2:2 —  Lyupcho Doriyev (76), 2:3 —  Pedro (90).

“So‘g‘diyona”: Muhammadyusuf Sobirov, Zoir Jo‘raboyev, Suhrob Izzatov, Otabek Ahadov, Xondamir Mustafoqulov, Islom Qobilov, Ehsone Panshanbe (Stansilasv Andreyev, 77), Javohir Qahramonov, Nodir Soyibov, Samandar Mavlonqulov (Luka Dordevich, 88), Lyupcho Doriyev.

“Navbahor”: Shukron Yo‘ldoshev, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Mirzohid G‘ofurov (Javohir Abdujabborov, 46), Igor Gabriyel, Shohmalik Komilov, Benjamin Teydi, Abbos G‘ulomov (Ruslan Jiyanov, 64), Azim Ahmedov (Saidazamat Mirsaidov, 46), Shahzod Ubaydullayev (Alisher Odilov, 64), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Pedro Augusto, 81).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar