Daryo

“Barselona” futbolchisi “Real” bilan ehtimoliy final haqida gapirdi 

“YCHL finalida uchrashsak, fantastik bahs bo‘ladi”, deydi Kubarsi

1 daqiqa o‘qish13 316 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi UEFA Chempionlar Ligasi finalida “Real Madrid” bilan to‘qnash kelish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

Futbolchi ushbu jamoalar finalda uchrashsa, fantastik bahslardan biri bo‘lishini aytdi.

Bizning finalda uchrashishimiz ehtimoli yuqori. “Real” ajoyib jamoa, biz ham yaxshi formada turibmiz. Agar ikkalamiz finalga uchrashsak, bu nafaqat biz uchun, balki butun dunyo uchun fantastik final bo‘ladi. Ular ham, biz ham bosh sovrin uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz, dedi Kubarsi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar Ligasi chorak finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi, “Real Madrid” esa “Arsenal” bilan to‘qnash keladi. Dastlabki uchrashuvlar 9—10-aprel kunlari bo‘lib o‘tsa, javob o‘yinlari 16—17-aprelda o‘tkaziladi.

 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar