Daryo

Fransiyada Makronni uchinchi jahon urushini qo‘zg‘atishda ayblashdi

“Ularni to‘xtatish uchun hali vaqt bor: fransuzlar, uyg‘oninglar!”, deb yozadi “Vatanparvarlar”

1 daqiqa o‘qish8 972 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning "Vatanparvarlar" partiyasi yetakchisi Florian Filippo Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni uchinchi jahon urushini qo‘zg‘atishda aybladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Skrinshot: X

Filipponing fikricha, yangi jahon mojarosini Rossiya prezidenti Vladimir Putin emas, balki Makron va boshqa Yevropa yetakchilari boshlashni istaydi.

“Ularni to‘xtatish uchun hali vaqt bor: fransuzlar, uyg‘oninglar!”, deb yozadi "Vatanparvarlar" partiyasi yetakchisi.

Makron Yevropa Rossiya roziligisiz Ukrainada harbiy kontingent joylashtirishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari "tayyorgarlik dasturlarini amalga oshirish va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashlarini namoyish etish uchun bir necha ming kishini asosiy hududlarga yuborishni" rejalashtirmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar