Daryo

Superliga. “Buxoro” o‘z maydonida “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

“Qo‘qon-1912” mehmonda “Neftchi” bilan durang o‘ynadi

1 daqiqa o‘qish6 307 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 14-mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Buxoro” klubi matbuot xizmati

“Buxoro” – “Qizilqum” bahsida tezkor gol urildi. 7-daqiqaga kelib Javohir Ro‘ziyev hisobni ochdi. Shundan so‘ng har ikki jamoada qator vaziyatlar yaratildi, biroq ulardan unumli foydalanilmadi. 

86-daqiqaga kelib Ravshan Xayrullayev hisobni ikkitaga oshirdi. Shunday qilib, buxoroliklar mavsumdagi dastlabki uch ochkolariga ega bo‘ldi. 

Superliga

2-tur

14-mart, juma

“Buxoro” — “Qizilqum” 2:0

Gollar: 1:0 — 7, Javohir Ro‘ziyev, 2:0 — 86, Ravshan Xayrullayev

“Buxoro”: 1.Shirinboy Abdullayev, 8.Anvar Jo‘rayev (6.Ravshan Xayrullayev, 56), 10.Shohruz Norxonov, 17.Javohir Ro‘ziyev, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 33.Yosip Tomasevich, 88.Dominik Begich (19.Bilol Tupliyev, 79), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo‘rabekov.

“Qizilqum”: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzod Rahmatullayev, 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmurotov (7.Davron Anvarov, 77), 70.Alen Mashovich (77.Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 77), 79.Diyor Rahmatilloyev (99.Elguja Lobjanidze, 46), 88.Dushan Miyich.

“Neftchi” – “Qo‘qon-1912” o‘yini esa durang bilan yakunlandi.

Foto: “Neftchi” klubi matbuot xizmati

Mehmonlar ko‘plab vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da hech bir vaziyatdan unumli foydalanilmadi. Yakunda har ikki jamoa ham bir ochkodan ega bo‘ldi.

Superliga

2-tur

14-mart, juma

“Neftchi” — “Qo‘qon-1912” 0:0

“Neftchi”: 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (17.Muhammadali G‘iyosov, 54), 7.Abror Ismoilov (14.Jamshid Boltaboyev, 66), 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohrux Gadoyev (77.Bilolxon Toshmirzayev, 66), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G‘ofurov, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 54), 34.Farrux Sayfiyev.

“Qo‘qon-1912”: 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Jasur Xolto‘rayev (23.Bekjon Jo‘raboyev, 84), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Husniddin G‘ofurov, 53), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (20.Iqbol Malikjonov, 84), 44.Andro Giorgadze, 69.Yegor Kondratyuk (11.Shahzod Beshimov, 64).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar