Daryo

Panama savdo yo‘lagida Trampning “qaytarib olish” iddaolariga qarshi gaz quvurlari o‘tkazish rejalashtirilmoqda 

Savdo yo‘lagida Yaponiya potensial mijoz sifatida qaralmoqda

1 daqiqa o‘qish4 015 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Trampning “qaytarib olish” haqidagi iddaolariga qarshi Panama kanalida savdo yo‘lagi orqali suyultirilgan neft gazini (LPG) o‘tkazish uchun quvur liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Savdo yo‘lida Yaponiyaga asosiy potensial mijoz sifatida qaralmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Panama kanali dunyodagi eng gavjum dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi. Panama prezidenti Xose Raul Mulino kanal faoliyatini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda. Hozirda qurg‘oqchilik sababli kanaldan o‘tish cheklangan bo‘lib, rahbariyat yechim sifatida yaqin atrofda suv ombori qurish rejasini ishlab chiqmoqda.

Biz kuniga bir million barrelgacha harakatlanish imkoniyatiga ega infratuzilmani ishga tushirish imkoniyatini o‘rganmoqdamiz, ammo bozor ancha katta. Panama orqali o‘sib borayotgan hajmlar (gaz) ehtiyojlarini qondirish eng ustuvor, shu bilan birga, eng murakkab masaladir, degan kanal ma’muri Rikaurte Vaskes Reuters agentligiga matbuot anjumanidan so‘ng.

Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Panama kanali orqali o‘tkazish qobiliyati o‘n yil ichida kuniga 2 million barrel (suyultirilgan gaz)ga yetishi mumkin” , deya qo‘shimcha qilgan Vaskes.

Panama prezidenti Xose Raul Mulino Trampning Panama kanalini AQSH tasarrufiga o‘tkazish haqidagi iddaolariga qarshi chiqib kelmoqda. Shunga qaramay, AQSH rahbari va amaldorlari yaqinda BlackRock kompaniyasi boshchiligida tuzilgan bitimni ma’qulladi. Bu bitim Gonkong konglomerati CK Hutchison port biznesining aksariyat qismini, shu jumladan, Panama kanali yaqinidagi aktivlarini ham sotib olishni nazarda tutadi.

Vaskes aytishicha, kanal boshqarmasi keyingi 12 oy ichida quvur haqida qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Kanalning kelgusi o‘n yil ichidagi infratuzilma va barqarorlik loyihalariga 8 milliard dollar sarmoya kiritish mo‘ljallangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar