Daryo

HAMAS Isroilning G‘azo sektoridagi elektr ta’minotini uzib qo‘yishini shantaj deb baholadi 

HAMAS harakatining siyosiy byuro a’zosi Izzat ar-Rishq Isroilning G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini “arzon shantaj” va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni “qo‘pol buzish” deb baholashini bildirdi

1 daqiqa o‘qish4 227 ko‘rishlar0 izoh0

HAMAS Isroilning G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini “arzon shantaj” va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni “qo‘pol buzish” deb baholaydi. Bu haqda harakatning siyosiy byuro a’zosi Izzat ar-Rishq o‘zining Telegram kanalidagi bayonotida ma’lum qilgan. 

“Biz bosqinchilarning G‘azo sektorini oziq-ovqat, dori-darmon va suvdan mahrum qilgandan keyin elektr ta’minotini o‘chirib qo‘yish qarorini keskin qoralaymiz”, deya ta’kidlagan ar-Rishq o‘zining bayonotida.

Shuningdek, ushbu harakatni “xalqqa bosim va qarshilik ko‘rsatish hamda arzon va qabul qilib bo‘lmaydigan shantaj siyosati orqali amalga oshirishga bo‘lgan umidsiz urinish”, deb atagan.

Isroil elektr energetika kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorining barcha hududlarida hozirda elektr ta’minoti mavjud emas. So‘nggi vaqtlarda bu hududlarga faqat kanalizatsiya tizimini ishlatish uchungina elektr energiyasi yetkazib berilayotgan edi.

Times of Israel nashri isroillik amaldorga tayanib xabar berishicha, uzib qo‘yish faqat bitta chuchuklashtirish stansiyasiga - G‘azo sektoridagi Isroildan elektr uzatish liniyasiga ulangan yagona inshootga ta’sir qiladi.

Yakshanba kuni kechqurun Isroil energetika vaziri Eli Koen G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatishni buyurgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar