Daryo

Suriyada Asad tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari to‘qnashdi (video)

Hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Latakiya, Tartus va Homs shaharlarida komendantlik soati joriy etildi

1 daqiqa o‘qish14 056 ko‘rishlar0 izoh0

Suriyada sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari va yangi hukumatning xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Illyustrativ foto: AFP

To‘qnashuvlar Suriyaning g‘arbidagi Jabla shahrida yuz bergan. Bu yerda Asad va uning oilasi mansub bo‘lgan alaviylar jamoasi istiqomat qiladi. Suriya xavfsizlik kuchlari Asad davrida maxsus kuchlar sobiq qo‘mondoni Suhel al-Hasan bilan aloqador qurolli guruhlar bilan to‘qnashgan.

Suriyaning Latakiya, Tartus va Homs shaharlarida komendantlik soati joriy etilgan. Latakiya jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Mustafo Knefati “Asad militsiyasining qoldiqlari” Jabladagi xavfsizlik kuchlarining nazorat-o‘tkazish punktlari va patrullariga “oldindan puxta rejalashtirilgan va qasddan” hujum uyushtirganini aytdi. Bu “ko‘plab harbiylarning halok bo‘lishi va yaralanishiga” olib kelgani ma’lum qilindi.

Uning aytishicha, Halab, Idlib, Damashq, Hama va Homs shaharlarida hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar o‘tkazilgan. Reuters ta’kidlashicha, hozirgi to‘qnashuvlar Suriyaning yangi hukumati 2024-yil dekabrida hokimiyat tepasiga kelganidan buyon yuz bergan “eng shafqatsiz zo‘ravonlik harakatlaridan biri” hisoblanadi.

2024-yil dekabr oyi boshida Suriya prezidenti Bashar Asadning hukumat kuchlariga qarshi bo‘lgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” jangchilari Damashqqa kirib, mamlakatda hokimiyatni egalladi. Asadning o‘zi qochib, boshpana bergan Moskvada panoh topdi. Suriyaning o‘tish davri prezidenti etib Ahmad al-Shar’a tayinlandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar