Daryo

Rafinya Chempionlar Ligasida ajoyib natija qayd etmoqda

Braziliyalik vingerga bu natijaga erishish uchun atigi 13 o‘yin kerak bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish5 761 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Barselona” “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona golni kataloniyaliklar vingeri Rafinya kiritdi.

Foto: Beinsports

Shu tariqa, 28 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum Chempionlar Ligasida gol+pas tizimi bo‘yicha 13 ochko to‘pladi (9 gol, 4 assist). Bu musobaqada barcha futbolchilar orasida eng yuqori natija hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2024 yil boshidan beri Rafinya Chempionlar Ligasida 17 (12 gol, 5 assist) ochko to‘pladi. Bu natijaga erishish uchun unga atigi 13 o‘yin kerak bo‘ldi.

Rafinya Ispaniya chempionatida ham samaradorlik bo‘yicha yetakchilardan biri. U gol+pas tizimi bo‘yicha 20 ochko jamg‘argan va bu borada faqat jamoadoshi Robert Levandovskidan ortda qolmoqda (23 ochko).

Ma’lumot uchun, “Barselona” — “Benfika” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 12-mart kuni Kataloniyadagi “Kamp-Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar