Daryo

Oston O‘runov mashg‘ulotlarga qaytdi — foto

Futbolchi 1 oydan ko‘proq vaqtni maydondan tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish4 797 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoa a’zosi va Eronning “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov mashg‘ulotlarga qaytdi.

Foto: Persepolis FC

Klub kecha o‘z Instagram sahifasiga yuklagan rasmda Oston mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani tasvirlangan.

Yarim himoyachi 21-yanvar kuni Eron chempionati doirasidagi “Zobahan”ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Uchrashuvdan keyingi tekshiruvda O‘runovning jarohati ancha jiddiyligi va u kamida 5 haftani o‘tkazib yuborishi aytilgandi. 

Shundan keyin Oston “Persepolis”ning 7 ta bahsida qatnasha olmadi. Tehron klubi keyingi uchrashuvni 7-mart kuni safarda “Chadormalu”ga qarshi o‘tkazadi. O‘runov esa katta ehtimol bilan zahiradan maydonga tushadi. 

O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida Jahon chempionati saralashi doirasida Toshkentda Qirg‘iz Respublikasi va safarda Eronga qarshi maydonga tushadi.

Milliy jamoa a’zosi Oston O‘runov esa mazkur bahslargacha o‘z formasini tiklab oladi va katta ehtimol bilan uchrashuvlarda maydonga tushadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar