Daryo

Rim papasi tun bo‘yi uxlaganicha hali uyg‘onmadi — OAV

Fransisk bir kunda ikki marta “o‘tkir nafas yetishmovchiligi”ni boshdan kechirdi

1 daqiqa o‘qish34 316 ko‘rishlar0 izoh0

Rim papasi Fransisk 3-mart kuni ikki marta “o‘tkir nafas yetishmovchiligi”ni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng u tun bo‘yi uxlagani va hali ham uyg‘onmagani aytilmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Foto: Getty Images

Shifokorlar papa og‘irlashganidan keyin nafas qisilishidan xalos bo‘lishi uchun ikkita bronxoskopiya o‘tkazgan. Mazkur holat “bronxlar ichidagi shilimshiqning sezilarli darajada to‘planishi va buning oqibatida yuzaga keladigan bronxospazm” tufayli yuzaga kelgani aytilmoqda. 

Rim papasining o‘pkasida pnevmoniyaga aylangan bronxit aniqlangani uchun kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda ahvoli mo‘tadil. Rim papasi Fransisk 2025-yilning 14-fevral kuni bir necha kunlik nafas olishdagi qiyinchiliklardan so‘ng yengil isitma bilan Rimdagi kasalxonaga yotqizilgan edi. 

18-fevralda papaga qo‘yilgan ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishi tashxisi uning yoshidagi har qanday bemor uchun tashvishli burilish bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu papaning 2013-yilda Rim-katolik cherkovi rahbariyatini o‘z qo‘liga olganidan beri to‘rtinchi kasalxonaga yotqizilishi. U 2021-yilda qorin bo‘shlig‘ida jiddiy jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Bundan tashqari, 2023-yilda chandiq to‘qimasini va qorin churrasini davolash maqsadida yana bir operatsiyani boshdan kechirgan. Yoshligida papa kasallikdan so‘ng o‘pkasining bir qismini oldirib tashlagan, shuning uchun tez-tez nafas yo‘llari kasalliklari xurujidan aziyat chekadi.

Fransiskning tizzasida ham muammolar bor, shu sababli u so‘nggi yillarda nogironlik aravachasi va hassadan foydalanmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar