Daryo

Toshkentda tarovih namozlari sabab ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

Yopiladigan ko‘chalardan harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi

1 daqiqa o‘qish5 268 ko‘rishlar0 izoh0

Avvalroq Toshkentda tarovih namozlari sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ushbu ko‘chalarda harakatlanuvchi avtobuslar yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, yopiladigan ko‘chalardan harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati yondosh ko‘chalar orqali o‘zgartiriladi. 

Bu qaysi avtobuslarga tegishli?

Ushbu o‘zgarishlar quyidagi sonli avtobus yo‘nalishlari qatnoviga tegishli:

50, 22, 127, 18, 106, 148,9T, 12, 32, 45, 62, 69, 70, 114, 143, 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146, 42, 43, 109, 65, 118, 120,118, 120, 38, 50,13, 56, 64, 73, 87, 114, 139,56, 118, 150, 17T, 98,18, 77, 80, 103, 135, 3,137, 161, 65, 78, 71 va 29.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu yo‘nalishlarda qatnov vaqti hamda avtobuslar oraliq vaqti belgilangan vaqtdan ortib ketishi mumkin.

O‘zbekistonda ramazon oyi 1-mart, shanba kuni boshlanadi. Prezident qaroriga ko‘ra, ushbu oyda ehtiyojmandlar hamda ilm-maʼrifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida eʼtibor beriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar