Daryo

Isroil Madrimov Riyadh Season turnirida qancha gonarar olgani ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev 10 mln dollar ishlab topgan

1 daqiqa o‘qish119 673 ko‘rishlar0 izoh0

22-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Riyadh Season doirasidagi navbatdagi boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Pancher

 

Turnirning asosiy jangi Dmitriy Bivol va  Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazildi. 12 raund davom etgan jangda asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Bivol ochkolar hisobiga Beterbiyevni mag‘lub etib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylangandi.

Ushbu turnir doirasida super o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur musobaqada sportchilar qancha pul ishlab topgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, Madrimov mazkur turnirda 800 ming dollar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘z kamarini saqlab qolgan Virjil Ortis es 2 million dollar egasiga aylandi. Eng katta gonararni asosiy jang egalari Dmitriy Bivol va  Artur Beterbiyev olgan (10 mln dollar).

To‘liq ro‘yxat:

  • Bivol — 10 mln dollar
  • Beterbiyev — 10 mln dollar
  • Parker — $2 mln dollar
  • Bakole — $600 000 dollar
  • Ortis — $2 mln dollar
  • Madrimov — $800 000 dollar
  • Stivenson — $2,1 mln dollar
  • Pedli — $500 000 dollar
  • Adames — $1,2 mln dollar
  • Shiraz — $800 000 dollar
  • Chan - $2,5 mln dollar
  • Kabayel — $1,2 mln dollar
  • Buatsi — $550 000 dollar
  • Smit — $660 000 dollar

Ma’lumot uchun, hozirga qadar 29 yoshli hozirgacha Isroil Madrimov 13 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar