Daryo

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi 

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarlari qanday masalalarni muhokama qilganini ochiqladi

1 daqiqa o‘qish37 952 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston—Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar