Daryo

Muhammad Saloh Luis Suaresning natijasini ortda qoldirib, APLda rekordini o‘rnatdi

Arne Slot shogirdlari APL 29-tur uchrashuvini ertaroq o‘tkazdi. “Aston Villa”ga qarshi uchrashuv durang bilan yakunlandi

1 daqiqa o‘qish8 086 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer Ligasining 29-tur doirasida “Aston Villa”ga qarshi safar uchrashuvida (2:2) gol va golli uzatma bilan ajralib turdi va yangi tizimdagi Angliya chempionati rekordini o‘rnatdi.

Foto: Goal

U “Liverpul”ning sobiq hujumchisi Luis Suaresni ortda qoldirdi. Bu haqda Squawka portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saloh 2024—2025-yilgi mavsumda safar o‘yinlarida 15-golini urib, turnir tarixida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchiga aylandi. Bungacha ushbu natija urugvaylik hujumchi Luis Suaresga tegishli bo‘lib, u 2013—2014-yilgi mavsumda “Liverpul” safida safar o‘yinlarida 14 gol urgan edi.

“Liverpul” mart oyi o‘rtasida Angliya Liga Kubogi finalida o‘ynashi sabab 29-tur bahsini ertaroq o‘tkazdi.

Joriy mavsumda Saloh klub safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol va 20 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

“Liverpul” 26 uchrashuvdan 61 ochko to‘plab, APL turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Avvalroq Arne Slot Darvin Nunyes o‘rniga 25 yoshli Isakni jamoasi safida ko‘rishni xohlayotgani xabar berilgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar