Daryo

“Paxtakor” Elit Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi

Guruh bosqichidagi yagona g‘alaba Toshkent klubini nimchorak finalga olib chiqdi

1 daqiqa o‘qish15 368 ko‘rishlar0 izoh0

OFK Elit Chempionlar Ligasida qatnashayotgan “Paxtakor” turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi. Klub so‘nggi turda “As Sadd”ni mag‘lub etib, turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi.

Foto: “Paxtakor” matbuot xizmati

Jamoaning keyingi bosqichga yo‘l olishi boshqa o‘yinlar natijasiga bog‘liq edi va o‘sha bahslarda “sherlar” uchun ijobiy natijalar qayd etildi. Aniqrog‘i, muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan Saudiya grandlari oxirgi turda mag’lub bo‘lmadi va bu “Paxtakor”ning 1/8 finalga chiqishini rasman hal qildi. “An-Nassr” “Persepolis” (0:0) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Al-Ahli” esa “Al-Garafa”dan (4:2) ustun keldi.

Natijada 8 o‘yinda 7 ochko to‘plagan “Paxtakor” kuchli 8 likdan joy oldi va Elit OCHL pley-offida o‘ynaydigan ilk o‘zbek klubiga aylandi. Nimchorak finaldagi raqib — “Al Hilol” yoki “Al Ahli” bo‘ladi.

Hozirda G‘arb mintaqasida 7 yo‘llanma egasi aniq — “Al-Ahli”, “Al-Hilol”, “An-Nassr” (uchalasi — Saudiya Arabistoni), “As-Sadd”, “Ar-Rayyan” (ikkalasi — Qatar), “Al-Vasl” (BAA) va “Paxtakor” (O‘zbekiston).

So‘nggi 8-ishtirokchi Eron klubi bo‘ladi. Agar 18-fevral kuni Jaloliddin Masharipov o‘ynaydigan “Istiqlol” “Ar-Rayyan”ga yutqazmasa, keyingi bosqichga chiqadi. Agar “Istiqlol” mag‘lub bo‘lsa, Oston O‘runov harakat qiladigan “Persepolis” pley-offda o‘ynaydi.

Endi Pedru Moreyra boshqaruvidagi “sherlar” 3—4-mart kunlari jadvaldagi o‘rniga qarab “Al-Ahli” yoki “Al-Hilol”ga qarshi Toshkentda bahs olib boradi. Javob o‘yini esa 10—11-mart kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

1/8 finaldan o‘tgan jamoa markazlashgan final bosqichi o‘yinlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar