Daryo

Zelenskiy Putin bilan uchrashish shartini ma’lum qildi 

“Bilmadim, bu ularga yoqadimi-yo‘qmi. Men faqat yagona rossiyalik — Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorman”, deydi Ukraina yetakchisi

1 daqiqa o‘qish11 739 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini, biroq Amerika va Yevropa rasmiylari bilan birgalikda tinchlik rejasi kelishib olingandan keyingina uchrashishini aytdi.

Foto: France 24

U Rossiya, AQSH, Ukraina va Saudiya Arabistoni vakillari bilan ehtimoliy uchrashuv haqidagi savolga shunday javob berdi.

Men Rossiya bilan uchrashmayman. Bilmadim, bu ularga yoqadimi-yo‘qmi. Men faqat yagona rossiyalik — Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorman, ammo Tramp va Yevropa bilan umumiy reja ishlab chiqilgandan keyingina, dedi Zelenskiy.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina, albatta, mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishini aytgan edi. Putinning ta’kidlashicha, garchi Rossiya istalgan shaxs bilan muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lsa-da, Zelenskiy lavozimining “noqonuniyligi tufayli” tinchlik shartnomasini imzolashga haqli emasligini qayd etgan.

Zelenskiy Rossiyaga “hududlarni almashish”ni taklif qilmoqchi

Ukraina prezidenti The Guardian nashriga bergan intervyusida Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlari nazoratidagi hududni Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina yerlariga almashtirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Foto: The Guardian
Biz bir hududni boshqasiga almashtiramiz, dedi Zelenskiy va Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan yerlarning qaysi qismini so‘rashini hali aniq bilmasligini qo‘shimcha qildi.

Ukraina yetakchisi barcha hududlar muhim ekanini, ular o‘rtasida hech qanday ustuvorlik yo‘qligini ta’kidladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar