Daryo

Urushda yaralangan rus harbiylari Shimoliy Koreyaga davolanish uchun jo‘natilmoqda 

Rossiyalik diplomatga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar rossiyaliklarni “tabassum bilan kutib olishadi, rus tilida gaplashishga harakat qilishadi hamda o‘z yordamlarini taklif qilishadi”

2 daqiqa o‘qish10 566 ko‘rishlar0 izoh0

Shimoliy Koreya Ukrainada yarador bo‘lgan harbiylarni davolashda Rossiyaga faol yordam bermoqda. Bu haqda Moskvaning Pxenyandagi elchisi Aleksandr Matsegora xabar berdi.

Foto: TASS

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDRda rossiyaliklar “har doim juda ijobiy, do‘stona” qabul qilingan va so‘nggi yillarda bu “yanada sezilarli” tus olgan.

Koreya sanatoriylari va shifoxonalarida yuzlab yaralangan rus harbiylarini reabilitatsiya qilish qardoshlik munosabatining yaqqol misoli, dedi Matsegora.

Uning fikricha, bu “umumiy tarix” va “milliy xarakterlarning o‘ziga xosligi” bilan bog‘liq. Diplopatning ta’kidlashicha, shimoliy koreyaliklar hamma joyda rossiyaliklarni “tabassum bilan kutib olishadi, rus tilida gaplashishga harakat qilishadi, o‘z yordamlarini taklif qilishadi”.

Masalan, askarlarni reabilitatsiya qilishdan tashqari, 2023-yilning yozida Yapon dengizi sohilidagi “Sondovon” bolalar oromgohi halok bo‘lgan askarlarning farzandlarini qabul qildi, davolanish, parvarish va ovqatlanish mutlaqo bepul edi. Biz do‘stlarimizga xarajatlarining hech bo‘lmaganda bir qismini qoplashni taklif qilganimizda, ular chin dildan xafa bo‘lishdi va bundan keyin hech qachon bunday qilmaslikni so‘rashdi, deya qo‘shimcha qildi Matsegora.

2024-yilning iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In de-fakto harbiy ittifoqni nazarda tutuvchi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreyaning 12 ming nafargacha askari Rossiyaga yetib keldi va uning armiyasiga Ukraina bilan urushda yordam bera boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Kursk viloyatidagi janglarga jalb qilingan. Janubiy Koreya razvedkasi Moskva Pxenyanga har bir harbiy uchun 2 ming dollar to‘lashini, bu KXDR fuqarosining 83 yillik maoshiga teng ekanini ta’kidlagan.

Joriy yilning yanvar oyi o‘rtalariga kelib, Shimoliy Koreya janglarda Rossiyaga yuborilgan 4 mingga yaqin askarini yo‘qotdi, jumladan, mingga yaqin askar halok bo‘ldi, deb yozadi BBC rus xizmati G‘arb razvedka ma’lumotlariga tayanib.

Nashr buning asosiy sababi jangovar tajriba va himoyaning yo‘qligi bilan izohlagan. Ukraina harbiy xizmatchilarining ta’kidlashicha, shimoliy koreyaliklardan qalqon sifatida foydalanilmoqda — ular minalangan maydonlar va zich o‘qlar ostida mustahkamlangan pozitsiyalarni egallashga yo‘naltirilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar