Daryo

Zelenskiy: “Kursk viloyatida 11 ming nafar shimoliy koreyalik askar bor”

Ukraina prezidenti bunga yetarlicha e’tibor qaratmayotgan hamkorlarini tanqid qildi

1 daqiqa o‘qish6 604 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy razvedka maʼlumotlariga tayanib, Rossiyaning Kursk viloyatida 11 ming nafar Shimoliy Koreyadan kelgan harbiy borligini aytdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: DPA
Bosh razvedka boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmati Rossiya hududidagi Shimoliy Koreya harbiylari bo‘yicha alohida hisobot taqdim etdi. Kursk viloyatida ularning soni allaqachon 11 ming nafar. Biz shimoliy koreyaliklarning soni ko‘payib borayotganini ko‘ryapmiz, ammo hamkorlarimizning bunga nisbatan munosabati kuchayganini ko‘rmayapmiz, dedi Zelenskiy.

Rossiya Ukraina armiyasiga qarshi KXDR harbiylaridan foydalanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirmagan. Biroq prezident Vladimir Putin mamlakatda Shimoliy Koreya askarlari borligini tasdiqlagan. U KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani eslatib o‘tgan. Shuningdek, KXDR harbiylari Rossiyada ekaniga ishora qiluvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga quyidagicha munosabat bildirgan.

Lightbox Image

Suratlar — jiddiy masala. Agar suratlar mavjud bo‘lsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi, degan Rossiya prezidenti.

O‘z navbatida, Shimoliy Koreya harbiylari evaziga Rossiyadan yiliga 700 ming tonnagacha guruch, kosmik texnologiyalar va askarlar uchun 2000 dollardan oylik talab qilgani aytilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvning muhim bandi shundan iboratki, KXDR va qo‘shni mamlakatlar bilan nizo yuzaga kelsa, Rossiya u tomonida jang qilishni va’da bergan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar