Daryo

Shimoliy Koreya yadro quroli hech qachon “savdolashish obyekti” bo‘lmasligini ma’lum qildi

“Mamlakatimiz yadroviy kuchlari doimiy jangovar foydalanish uchun mo‘ljallangan”, deyiladi Koreya markaziy axborot agentligi bayonotida

1 daqiqa o‘qish7 586 ko‘rishlar0 izoh0

Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) NATO va Yevropa Ittifoqini tanqid qilgan bayonot e’lon qildi.

Unda aytilishicha, Shimoliy Koreyaning yadro quroli hech qachon “savdolashish obyekti” bo‘lmaydi, u jangovar foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Koreya markaziy axborot agentligi 

“Bizning yadro qurollarimiz kimningdir “tan olishini” qozonish uchun mo‘ljallangan “reklama” emas. Shuningdek, arzimas chaqaga almashtirib bo‘ladigan “savdo-sotiq obyekti” emas. Mamlakatimiz yadroviy kuchlari doimiy jangovar foydalanish uchun mo‘ljallangan”, — deyiladi bayonotda.

Agentlik Koreya yarim oroli yaqinida AQSH ishtirokida bo‘lib o‘tgan harbiy mashg‘ulotlarni ham eslatib o‘tdi.

Shimoliy Koreya Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolarda G‘arb davlatlarini ham aybladi.

“Barcha faktlar o‘zlarini “tinchlik qo‘riqchilari” deb atagan NATO va YI asosan safsata sotayotganini, ularning da’volari dunyodagi xavfsizlikga hech qanday aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba bilan muzokara o‘tkazgan edi. Qo‘shma bayonotda ular Vashington va Tokio o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha mustahkamlangan hamkorlikni Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning asosi sifatida ta’rifladilar.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar