Daryo

O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismini AQSHga qaytardi — OAV

“Amerika ovozi” telekanalining ma’lum qilishicha, gap UH-60 Black Hawk vertolyotlari haqida boryapti

1 daqiqa o‘qish96 598 ko‘rishlar0 izoh0

Qo‘shma Shtatlar “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqti afg‘on uchuvchilari tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan vertolyotlarning bir qismini qaytardi. Bu haqda “Amerika ovozi” telekanali O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o‘tgan tadbirda qatnashgan Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining UH-60 Black Hawk vertolyoti. 2018-yil, 8-dekabr
Foto: Military Times
“Tolibon”dan qochgan afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib o‘tgan Amerika samolyot va vertolyotlarining aksariyat qismi respublikaga berilgan. Pentagon yaroqli deb topgan texnik vositalardan yettitasi – Black Hawk vertolyotlari hozirda AQSHga qaytarilgan, deya ma’lum qildi telekanal muxbiri Navbahor Imamova.

Tadbirda, shuningdek O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov so‘zga chiqib, Toshkent Vashington bilan har sohada hamkorlikni oshirishga tayyorligini ma‘lum qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati ikki davlat xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikni qadrlashi ta’kidlangan.

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida
Foto: Videodan kadr/Amerika Ovozi

Ma'lumot uchun, 2021-yilning avgust oyida afg‘on harbiylari tomonidan O‘zbekiston hududiga Embraer EMB 314 Super Tucano va Pilatus PC-12 rusumdagi 22 ta harbiy samolyot va UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 rusumdagi 24 ta vertolyot olib o‘tilgan edi. 

Tolibon O‘zbekiston hukumatidan ularni qaytarishni bir necha bor so‘ragan. Biroq keyinroq Toshkent va Vashington harbiy texnikalar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishgani, ular O‘zbekistonda qolishi ma‘lum qilingandi.  

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar