Daryo

Tramp yaqin orada Putin bilan suhbatlashish niyatida ekanini ma’lum qildi

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya AQSH bilan prezidentlar darajasida muloqot qilishga tayyorligini aytgan edi

1 daqiqa o‘qish8 128 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muloqot qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Agentlikka ko‘ra, Tramp bo‘lajak suhbat tafsilotlariga to‘xtalmagan, biroq bu muloqot natijasida muhim natijaga erishilishiga umid bildirgan.

Shuningdek, Tramp Rossiya Federatsiyasi va AQSH o‘rtasida “jiddiy muhokamalar” rejalashtirilganini ham e‘lon qilgan.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya AQSH bilan prezidentlar darajasida muloqot qilishga tayyorligini aytgan edi.

Washington Post tomonidan e’lon qilingan materialda, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam berish va uning NATOga kirishiga qarshi chiqqani xabar berilgandi.

Prezident Tramp Ukrainaga boshqa yordam yuborishni istamaydi, Amerika qo‘shinlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi, deb yozadi WP.

Xabarda, shuningdek, AQSH prezidenti Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi ekani ta’kidlangan.

Trampning fikricha, potensial o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish va Ukraina hududida xavfsizlikni ta’minlash “Yevropaning muammosi” sifatida ko‘rib chiqilishi kerak, deb yozadi nashr jurnalistlari.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar