Daryo

Tramp Ukrainani NATOga qabul qilish fikrini o‘zgartirdi — WP

Nashrning ta’kidlashicha, AQSH yetakchisi Ukrainaga boshqa yordam yuborishni istamaydi, “Amerika qo‘shinlari haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi”

1 daqiqa o‘qish24 314 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam berish va uning NATOga kirishiga qarshi chiqdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Foto: AP
Prezident Tramp Ukrainaga boshqa yordam yuborishni istamaydi, Amerika qo‘shinlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi, deb yozadi WP.

Xabarda, shuningdek, AQSH prezidenti Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi ekani ta’kidlangan.

Trampning fikricha, potensial o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish va Ukraina hududida xavfsizlikni ta’minlash “Yevropaning muammosi” sifatida ko‘rib chiqilishi kerak, deb yozadi nashr jurnalistlari.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Marko Rubio Tramp muzokaralar orqali Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishini ma’lum qilgan edi. Rubioning aniqlik kiritishicha, Kiyev va Moskva o‘zaro yon berishga majbur bo‘ladi. Tramp, shuningdek, Rossiya va Xitoy yetakchilari bilan muzokaralari tafsilotlarini oshkor qilmay, ular muvaffaqiyatli o‘tayotganini ta’kidlagan.

Kollaj: BBC

The Independent nashri AQSH prezidenti joriy yilning bahorida Ukrainadagi urushni yakunlamoqchi ekani haqida yozgan edi. Manbalar Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi va mamlakat uchun og‘riqli murosaga borishi mumkinligi haqidagi xavotirlar o‘rinsiz ekanini aytgan.

Ukrainadan xavotirda bo‘lganlar inauguratsiyada Araxamiya (“Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari David Araxamiya ) ishtirok etganiga e’tibor berishi kerak. Bu juda muhim qadam bo‘lib, Donald Trampning ushbu jarayon oxirida Ukraina bilan yaxshi kelishuvni ta’minlash niyatini ko‘rsatadi. Bu asablarni tinchlantirishi kerak, dedi anonim manbalardan biri.

Tramp Ukrainadagi urushni hal qilish masalasiga jiddiy yondashmoqda. Oq uy rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqin orada uchrashishi kutilmoqda.

Zelenskiy inauguratsiyaga o‘zi borishni iloji yo‘q deb hisobladi, lekin u o‘zining ikkinchi odamini (Araxamiya) yubordi, u juda hurmat bilan munosabatda bo‘ldi, deb tushuntirgan manba.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar