Daryo

Mourinyo: “Boshidan hamma narsa bizga qarshi edi”

“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining Yevropa Ligasi umumiy bosqichidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

1 daqiqa o‘qish7 467 ko‘rishlar0 izoh0

“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining Yevropa Ligasi umumiy bosqichidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

“Boshlanishidanoq hamma narsa bizga qarshi edi. Turnirning yangi formati murakkab bo‘ldi. Qur’a ham noqulay tushdi. Ferdi so‘nggi lahzada safdan chiqqanidan keyin biz o‘rniga boshqa futbolchini qo‘shishga ulgurmadik. Yangi futbolchilarni ro‘yxatga kiritishga ham vaqt yetmadi. Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilar jarohatlandi, kiritilmaganlari esa yaxshi formada edi. Ba’zi futbolchilar diskvalifikatsiya qilindi. Mert Myuldyur o‘yindan tashqari holatda jarohat oldi. Amrabat va Osayi sariq kartochkalar limiti sababli o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Natijada biz bor-yo‘g‘i 13 futbolchi bilan keldik, lekin maydonga tushganlarning barchasi ajoyib ish qildi. Men ular bilan juda faxrlanaman. Aytdim va yana takrorlayman: muxlislar ham jamoa bilan faxrlanishi kerak” dedi Mourinyo klubning rasmiy sayti orqali. 

Ma’lumot uchun, “Fenerbahche” umumiy guruh bosqichi yakunda 24-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi. Turkiya klubining raqibi bugun, 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan qur’adan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar